Argentinalik iqtidorli qanot vingeri Franko Mastantuononing "Real Madrid" safidagi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Bugun 18 yoshga to'lgan Franko "qirollik klubi"da 30-raqam ostida to'p tepadigan bo'ldi. Bu degani - Mastantuono "Kastilya" safida ro'yxatdan o'tadi.

La Ligada asosiy jamoa futbolchilari faqatgina 1 dan 25-raqamgacha bo'lgan raqamlarda o'ynashi shart.