Argentinalik iqtidorli vinger Franko Mastantuono "River Pleyt"dan "Real"ga o'tdi.

Yangi futbolchining taqdimot marosimi 14 avgust kuni u 18 yoshga to'lganida bo'lib o'tadi.

Xabarlarga ko'ra, Mastantuono "qaymoqranglilar" safida 25-raqamda harakat qiladi.

"Qirollik klubi" uni sotib olish uchun 40 million evro sarfladi.