Madridning "Real" klubi yangi a'zosi, vinger Franko Mastantuono Madridga etib keldi. U aeroportda jurnalistlar tomonidan Alfredo di Stefano haqida berilgan savolga javob berdi.

"Di Stefano - afsona. Men uning yo'lidan ketayotganimga ishonolmayman. U qilgan ishlarni takrorlashga harakat qilaman", - dedi 17 yoshli futbolchi.

Ma'lumot uchun, "Real" afsonasi Alfredo di Stefano ham aynan "River Pleyt"dan "qirollik klubi" safiga kelib qo'shilgan.