"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa o'yinchilari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Menyan qolishga qaror qilganidan juda xursandman, u - sardor va Evropaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Leau ham qolganidan xursandman, u ajoyib mavsum o'tkazdi.

Endi Modrichni kutamiz, chunki u hali ham klublar o'rtasidagi jahon chempionatida.

Bizda yana Richchi, shuningdek, Loftus-Chik va Fofana bo'ladi. Albatta, biz uchta yarim himoyachi bilan o'ynaymiz va barchasi imkon qadar yaxshiroq bo'lishiga harakat qilamiz", - dedi Allegri.