Maskerano Messini Jordan va Nadal bilan solishtirdi

"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messini basketbolchi Maykl Jordan va tennischi Rafael Nadalga qiyosladi. Maskeranoning so'zlariga ko'ra, uchtasi ham buyuk sportchilar guruhidan.
"Har qanday sport ishqibozi Messi, Maykl Jordan, Rafael Nadal kabi insonlardan hayratda qoladi", - deydi argentinalik mutaxassis.
Maskerano Messi universal namuna ekanligini qo'shimcha qildi. Bir kun avval Messi "Inter Mayami"da "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi.