"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messi va Serxio Busketsning bir-birini tushunishidan hayratda.

Argentinalik hujumchi va ispaniyalik yarimhimoyachi floridaliklargp "Nyu-Inglend Revolyushn" ustidan g'alaba qozonishda yordam berishdi (2:1): Messi dubl qayd etdi, Buskets esa ikkinchi golga assistentlik qildi.

"Ular hatto bir-birlariga hech narsa aytishlari ham shart emas - ular shunchalik uzoq vaqt birga o'ynashadiki, hamma narsani so'zsiz tushunishadi. Buskets Messi qaerda va qachon to'p olishni istayotganini aniq biladi, bu, masalan, ikkinchi gol bilan bog'liq vaziyatda ko'zga tashlandi. Ularning o'zaro hamkorligi bizga katta yordam beradi - ayniqsa, bugungi kabi qiyin o'yinlarda," - dedi Maskerano matbuot anjumanida.