Maskerano: "De Paul hozircha biz bilan ishlamayapti"

"Inter Mayami" jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano Madridning "Atletiko" klubidan sotib olingan argentinalik yarim himoyachi Rodrigo de Paul bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi. Futbolchi hali o'ynashga tayyor emas, chunki u hali ishchi viza olmagan.
"De Paul hozircha biz bilan mashg'ulot o'tkazmayapti - u individual tarzda ishlayapti. U hujjatlarni rasmiylashtirgach, jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shiladi," - dedi Maskerano jurnalistlarga.
"Inter Mayami"ning navbatdagi o'yini bizning vaqti bilan payshanba tongida bo'lib o'tadi. Xaver Maskerano jamoasi Ligalar kubogi doirasida Meksikaning "Atlas" klubiga qarshi bahs olib boradi.