Marselo Messi va Ronaldu o'rtasida tanlov qildi

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Marselo Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taqqosladi.
Braziliyalik futbolchi uzoq yillar davomida portugaliyalik hujumchi bilan birga "qirollik" klubida to'p tepgan - ular birgalikda Messi porlagan "Barselona" bilan raqobatlashgan.
"Messi yoki Ronaldu? Menga Leo juda yoqadi, lekin Krishtianuni tanlayman. Men u bilan chap qanotda o'ynadim, hammasini ko'rdim," - deb 37 yoshli Marselo so'zlarini keltirmoqda Madrid Zone.
Sobiq braziliyalik lateral 2007 yildan 2022 yilgacha "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan. Joriy yilning fevral oyida Chempionlar ligasining besh karra g'olibi faoliyatini yakunlagandi.