"Yuventus" vingeri Timoti Vea "Marsel"ga o'tishga yaqin turibdi.

Frantsuz klubi 25 yoshli futbolchi bilan uzoq vaqtdan beri kelishib olgan, ammo "keksa sinora" bilan muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga keldi - tomonlar uzoq vaqt davomida transfer qiymatini kelisha olmadi. Jurnalist Sebasten Denining ma'lum qilishicha, "provansalliklar" va "keksa sinora" o'rtasidagi kelishmovchilik deyarli hal bo'lgan - bitim tasdiqlanish arafasida.

Timoti Vea "Yuventus" safida jami 78 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ettita gol va shuncha golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Futbolchining narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 17 mln evroga baholanmoqda.