"Marsel" "Yuventus" bilan Timoti Vea transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Vinger Frantsiyaga qaytishga va Roberto de Dzerbi jamoasi safini to'ldirishga tayyor, ammo klublar o'rtasida kelishuvga erishilmagan. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "provansalliklar" 25 yoshli futbolchi uchun taxminan 15 mln evro taklif qilmoqda, "keksa sinora" esa 20 mln evro so'ramoqda.

Timoti Vea 2023 yilning yozida "Lill"dan 11 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tgandi. Amerikalik Turin jamoasi safida 78 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ettita gol va shuncha assist yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 17 mln evroga baholamoqda.