"Marsel" Jonatan Rouni "Bolonya"ga sotadi.

"Marsel" va "Bolonya" 22 yoshli angliyalik hujumkor yarim himoyachining transferi bo'yicha deyarli kelishib oldi.

Transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 19,5 mln evroni tashkil etadi, shuningdek, frantsuzlar kelajakda futbolchini qayta sotish summasining 10 foizini oladi.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" kiyinish xonasida o'zaro mushtlashgan Rou va Adrien Raboni transferga qo'ygan edi.

Rou o'tgan mavsumda Liga 1da 28ta o'yinda 3ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.