Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang "Marsel"ga qaytishi mumkin. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, Provans klubi 36 yoshli hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Afrikalik futbolchi hozirda Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Qodisiya” safida to'p tepmoqda. O'tgan mavsumda Obameyang 36 o'yinda maydonga tushib, 21 gol va 3 golga assistentlik qilgan.

Eslatib o'tamiz, Per-Emerik allaqachon "Marsel"da o'ynagan. Hujumchi 2023 yildan 2024 yilgacha Frantsiya jamoasi sharafini himoya qilgan. Futbolchining transfer qiymati 3,5 million evroga baholanmoqda.