Frantsiyaning “Marsel” klubi gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan muzokaraga kirishdi.

36 yoshli hujumchi “Al-Qodisiya”ni erkin agent sifatida tark etdi. Futbolchi Frantsiyaga qaytishga tayyor.

“Marsel” sobiq hujumchisini ortga qaytarish bo'yicha muzokaralarni olib bormoqda.

O'tgan mavsumda u Saudiya proligasida 32 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.