"Marsel" APL himoyachilari Konstantinos Tsimikas va Emersonga qiziqish bildirmoqda.

Frantsuz klubi Kanten Merlen ketganidan keyin chap qanot himoyachisi qidirmoqda. Marselliklar "Liverpul" va "Vest Xem"ning har ikki futbolchisi nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Avvalroq, Tsimikas yozda "qizillar"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi - klub grekni ijaraga berishga tayyor.

"Bolg'achilar" himoyachisini frantsuzlar ham kuzatib bormoqda. Emerson 2021/22 yilgi mavsumda "Chelsi"dan ijara asosida "Lion" safida Liga 1da o'ynagan.

Ayni paytda "Marsel" rahbariyati ulardan qaysi biri - Tsimikas yoki Emerson transferga asosiy nomzod bo'lishi borasida ichki muhokamalar olib bormoqda.