"Marsel" "Lill" vingeriga qiziqish bildirmoqda

Edon Jegrova xizmatlariga "Marsel" qiziqish bildirmoqda.
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, "Lill" vingerni 15-20 mln evroga baholamoqda. Hozircha "Marsel" rasmiy so'rov bilan murojaat qilgani yo'q.
Qayd etilishicha, Jegrovani o'z safiga qo'shib olishda vingerning Evropa Ittifoqi fuqaroligiga ega emasligi to'sqinlik qilishi mumkin, chunki hozirda "Marsel"da bunday futbolchilar uchun barcha 4 ta o'rin band. Evropa Ittifoqi fuqaroligi bo'lmagan futbolchilardan biri Meyson Grinvud bo'lib, Jegrova "Marsel"ga o'tgan taqdirda uning o'rinbosari bo'ladi.
Jegrovaning "Lill" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. O'tgan mavsumda 26 yoshli Kosovo terma jamoasi vingeri Liga 1da 12ta o'yinda 4ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.