"Marsel" Rotterdamning "Feyenoord" klubidan 25 yoshli vinger Igor Payshaoni transfer qilishga kelishib oldi.

Bu haqda L’Equipe xabar berdi. Transfer bonuslar bilan birga 35 million evroga baholanmoqda. Bitim yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Payshao o'tgan mavsumni yorqin o'tkazib, Niderlandiya klubining etakchilaridan biriga aylandi. Uning hisobida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda 18 ta gol va 19 ta golli uzatma bor. Barqaror o'yinlari tufayli u Frantsiya, Germaniya va Angliya klublarining e'tiborini tortdi, ammo aynan "Marsel" uning transferi bo'yicha kelisha oldi.