"Marsel" "Bryugge" himoyachisi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

HLN xabariga ko'ra, "Marsel" "Bryugge" himoyachisi Joel Ordonesga qiziqish bildirgan. 21 yoshli ekvadorlik futbolchi borasida "ko'k-qoralar" bilan muzokaralar hozirdan boshlab yuborilgan.
Ma'lumki, "Bryugge" o'z yulduzi uchun yuqori narx belgilagan. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, klub futbolchini 30 million evrodan kamiga qo'yib yubormaydi. "Marsel" bunday summani to'lashga tayyormi yoki yo'qligi hozircha noma'lum.
O'tgan mavsumda Ordones "Bryugge" safida barcha turnirlar doirasida 49 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.