Italiyalik mashhur insayder Fabritsio Romano hozirda "Inter" safida harakat qilayotgan markaziy hujumchi Markus Tyuramning tovon puli haqida ma'lumot berdi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchining "neradzurrilar" bilan 2027 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomasida 75 million evro tovon puli bor.

Avvalroq "Manchester Yunayted" va "Arsenal" Tyuramga qiziqish bildirayotgan edi.