"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska hujumchilar Joao Pedro va Nikolas Jekson nimasi bilan farq qilishini aytdi.

23 yoshli braziliyalik futbolchi o'tgan haftada "ko'klar" tomonidan "Brayton"dan qariyb 64 mln evroga sotib olingan edi.

"O'ylashimcha, Joao hujumda barcha pozitsiyalarda o'ynay oladi. Uning Jekson bilan farqi ham shunda: men Nikoni faqat "to'qqizlik" pozitsiyasida ko'raman, Pedro esa oldindagi istalgan pozitsiyani yopishga ham qodir," - dedi Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan "Fluminense"ga qarshi o'yin oldidan.