"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Koul Palmerning klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ"ga qarshi o'yinini (3:0) baholadi.

Angliyalik futbolchi ikkita gol va bitta assist muallifi bo'ldi.

"Aynan shunday o'yinlarda biz Palmerning o'z so'zini aytishini kutamiz. U muhim o'yinlarda, muhim pallalarda qanchalik yaxshi ekanini yana bir bor ko'rsatdi," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.