"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alabaning ahamiyati haqida gapirdi.

London jamoasi finalda "PSJ"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (3:0) va 32 klubdan iborat kengaytirilgan formatga o'tganidan keyin turnirning birinchi g'olibiga aylandi.

"Men futbolchilarimga kelajakda klublar o'rtasidagi jahon chempionati Chempionlar Ligasi kabi yoki undan ham muhimroq turnir bo'lishini aytdim," - dedi Mareska o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.