Mareska Jekson va Nkunku o'ziga yangi jamoa qidirayotganini tasdiqladi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska hujumchilar Kristofer Nkunku va Nikolas Jeksonga umid qilmasligini aytdi.
«Jekson sog'lom va o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo u keyingi o'yinlar uchun tarkibda bo'lmaydi, chunki bizda uning pozitsiyasi uchun ikkita o'yinchi bor. O'ylaymizki, transfer oynasi yopilishidan oldin nimadir sodir bo'lishi mumkin. Kristofer Nkunku ham shunday. U biz bilan mashq qilmoqda, lekin qarorni kutmoqda», - dedi Mareska.
Avvalroq, "ko'klar" bu ikki futbolchi bilan xayrlashmoqchi ekani ma'lum bo'lgandi.