Mareska: "Iste'dodning o'zi etarli emasligini bilardik"

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska o'tgan yili jamoa tarkibidan mamnun bo'lganini aytdi.
Mutaxassis mavsum-2024/25 oldidan Maurisio Pochettinoning o'rnini egalladi. O'shanda "Chelsi"ni pala-partish transfer siyosati uchun ayovsiz tanqid qilishgandi, ammo italiyalik mutaxassis darhol tarkibni yoqtirib qolganini aytdi.
"O'tgan yili "Chelsi"ni qabul qilib olganimda darhol bu tarkibni yaxshi ko'rishimni aytgandim. Ammo birgina iste'dodning o'zi etarli emasligini bilardik. Aniq o'yin chizmasi, aniq yo'nalish kerak. Biz bunga futbolchilar tufayli erishdik," - dedi Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi g'alabadan keyin bergan intervyusida.