Mareska futbolchisi borasida muhim ma'lumotni ochiqladi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska yarim himoyachi Karni Chukvuemekaning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Yaqinda OAVda 21 yoshli futbolchi klubning unga bo'lgan munosabatidan hafsalasi pir bo'lgani va shuning uchun ketish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Dortmundning "Borussiya" klubi angliyalik futbolchini sotib olish imkoniyati bilan yana ijaraga olishga umid qilib, muzokaralar olib bormoqda, biroq hali kelishuvga erishilmagan.
"Chukvuemeka mashg'ulot o'tkazmoqda. Ha, ehtimol u ketish imkoniyatiga ega bo'ladi", - deydi Mareska.