"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoasining qaysi pozitsiyasi kuchaytirilishi kerakligini aytdi.

Premer-liganing yangi mavsumi boshlanishi arafasida "ko'klar" markaziy himoyachi Levi Kolvillni yo'qotishdi - u xochsimon bog'lam uzilishi tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Londonliklar bosh murabbiyi klub muhim futbolchiga o'rinbosar qidirayotganini tan oldi.

"Himoya markazini kuchaytirish - bizning ustuvor vazifamiz, Kolvill - fantastik o'yinchi. O'tgan mavsumdagi barcha yutuqlarimiz uning yordamida qo'lga kiritildi. U biz uchun juda muhim, doim asosiy tarkibda o'ynagan, uning yo'qligi seziladi," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.

17 avgust kuni Angliya chempionati 1-turida "Chelsi" o'z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.