"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskaning fikricha, jamoaga yangi markaziy himoyachi kerak.

Mavsum boshlanishidan biroz oldin "ko'klar" Levi Kolvillni yo'qotishdi - uning xochsimon bog'lami yirtilgan. Murabbiyning fikricha, hozir jamoada himoya markazida inglizning o'rnini bosa oladigan futbolchilar yo'q.

"Uesli Fofana bu pozitsiyada 45 daqiqa o'ynadi. Bu "Bornmut" bilan mehmondagi o'yinning birinchi bo'limi edi - bu mening bu erda ishlagan davrimdagi eng yomon bo'limlardan biri bo'lsa kerak. Benua Badyashil Konferentsiyalar Ligasi finalida shu pozitsiyada o'ynadi - "Betis"ga 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Keyin uning o'rniga Kolvillni tushirdik va 4:1 hisobida yutdik. Bu futbolchilar orasida farq katta" - dedi Mareska matbuot anjumanida.