"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Arsenal"ga o'tishi aytilayotgan vinger Noni Madueke haqidagi savolga javob berdi.

Mish-mishlarga ko'ra, klublar allaqachon 23 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo hozircha narx borasida kelisha olmayapti. Bitimdan inglizning o'zi ham manfaatdor, deb taxmin qilingan.

"Madueke atrofidagi shov-shuv "Palmeyras" bilan o'tgan o'yin oldidan ham bo'lgandi. Biz uni yarim soatga maydonga tushirdik va u juda yaxshi edi. Noni kerak bo'lganda foyda keltira olishiga hech qanday shubham yo'q. Umid qilamanki, u barcha mish-mishlarni engib o'tadi," - dedi Mareska "Fluminense"ga qarshi o'yin oldidan.