Mareska: "40 ta gol uradigan 1 ta hujumchidan ko'ra, 1 mavsumda 10-12 tadan gol uradigan 5 ta hujumkor futbolchi bo'lgani ma'qul"

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoada gol uradigan markaziy hujumchi yo'qligi haqida fikr bildirdi.
Keng tarqalgan fikrga ko'ra, "ko'klar"ga muntazam gol ura oladigan, sinalgan goleador etishmayapti. Italiyalikning o'zi bunday nuqtai nazarni qo'llab-quvvatlamaydi.
"Men uchun 40 ta gol urgan bitta hujumchidan ko'ra, bir mavsumda 10-12 tadan gol uradigan beshta hujumkor futbolchi bo'lgani ma'qul. Hujumkor futbolchilarimiz yangi mavsumda ko'proq gol ura boshlashlarini kutmoqdamiz," - dedi Mareska matbuot anjumanida.