"Manchester Yunayted" yulduz darvozabon bo'yicha muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

"Aston Villa" darvozabon Emiliano Martinesni "Manchester Yunayted"ga qo'yib yubormadi.
Kuni kecha "qizil iblislar" "Villa"ga argentinalik futbolchi bo'yicha murojaat qilib, ijara variantini taklif qilishdi. Jurnalist Dominik Kingning yozishicha, Birmingem klubi darhol rad javobini bergan. 32 yoshli jahon chempioni bo'yicha muzokaralar davom etadimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum.
Transfermakrt portaliga ko'ra, Emiliano Martinesning narxi 20 mln evroni tashkil etadi. Darvozabonning "Aston Villa" bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.