"Manchester Yunayted" yarim himoyachi uchun 40 mln evro taklif qildi

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Morten Yulmann "Manchester Yunayted" qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
"Qizil iblislar" daniyalik futbolchi uchun "sherlar"ga 40 mln evro taklif qildi, deb xabar beradi Calciomercato. 26 yoshli futbolchining shartnomasida 80 mln evro tovon puli ko'rsatilgan, ammo "Sporting" o'z sardorini ancha arzonroqqa - taxminan 50 mln evroga sotishi mumkin.
Morten Yulmanni "Yuventus" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tayanch yarim himoyachisining Transfermarkt saytidagi narxi 50 mln evro bo'lib, uning "Sporting" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.