"Manchester Yunayted" yana uch futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi

"Manchester Yunayted" transfer oynasi yopilgunga qadar yana uchta kelishuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
"Qizil iblislar" rahbariyati yangi yarim himoyachi sotib olish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Bundan tashqari, ichki yig'ilishlarda markaziy hujumchi va darvozabonning ehtimoliy xaridlari muhokama qilinmoqda.
Ruben Amorim jamoasi safiga yozda "Vulverxempton"dan Mateus Kunya va "Brentford"dan Brayan Mbeumo qo'shildi - transferlar mankunianliklarga qariyb 150 mln evroga tushdi.