"Manchester Yunayted" va yana APLning ikki klubi "PSJ" hujumchisini qo'lga kiritmoqchi

2024/2025 yilgi mavsumda Turinning "Yuventus" klubida ijara asosida o'ynagan "PSJ"ning frantsiyalik forvardi Randal Kolo-Muani Angliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.
Le Parisien jurnalistlari xabariga ko'ra, hujumchining xizmatlariga bir vaqtning o'zida bir nechta Premer-liga vakillari qiziqish bildirmoqda. Gap "Tottenxem", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" klublari haqida ketmoqda.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Randal A Seriyada 16ta o'yinda maydonga tushdi. Frantsuz sakkizta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli hujumchining parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchining bozor narxi 30 million evroga baholanmoqda.