"Manchester Yunayted" "Chelsi" forvardi Kristofer Nkunkuga da'vogarlik qilmoqda.

"Ko'klar" frantsiyalik futbolchini joriy transferlar davrida sotib yuborishni mo'ljallamoqda, 27 yoshli futbolchining o'zi ham o'yin amaliyoti etishmasligi sababli jamoani tark etmoqchi. Nkunkuning transferiga "qizil iblislar" qiziqish bildirmoqda, TEAMtalk xabariga ko'ra, ular o'z vingeri Alexandro Garnachoni transferga qo'shishga tayyor. 21 yoshli argentinalik futbolchi bilan ham vaziyat shunga o'xshash: u "MYu"ning rejalariga kirmaydi va "Chelsi" anchadan beri da'vogarlardan biri sifatida tilga olinadi.

Kristofer Nkunku uchun kurashda "Bavariya" ham ishtirok etmoqda. Transfermarkt saytidagi futbolchining narxi - 35 mln evro, Alexandro Garnachoning narxi - 45 mln.