"Manchester Yunayted" Tchuameni uchun 90 million evro taklif qildi

"Manchester Yunayted" "Real Madrid" tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'rdi.
El Chiringuito xabariga ko'ra, "qizil iblislar" frantsiyalik futbolchi uchun "qirollik klubi"ga 90 million evro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan.
Frantsuz Xabi Alonso boshchiligidagi "Real"ning asosiy rejalariga kiritilgan. U transfer oynasida sotilmaydi.