"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi: "Reshford "Barselona"ga o'tishga loyiq emas"

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Teddi Sheringem hujumchi Markus Reshford haqida o'z fikrini bildirdi.
"Kimningdir ketishni xohlayotganini eshitish... Obameyang "Arsenal"da shunday qilganida menga yoqmagan edi. Buni yurakni ezadigan holat deb bilaman va umid qilamanki, u orzu qilgan transfer amalga oshmaydi. Mening nuqtai nazarimdan, "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga o'tish - bu u hali loyiq bo'lmagan yuqori pog'onadir," - deya ta'kidladi Sheringem.
Nufuzli Transfermarkt portali 27 yoshli Markus Reshfordning qiymatini 50 million evro deb baholamoqda. Reshfordning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yana uch mavsumga mo'ljallangan.