"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi jamoada Emiliano Martinesni ko'rmoqchi

"MYu"ning sobiq futbolchisi Lui Saa "qizil iblislar" darvoza chizig'ini kuchaytirish bo'yicha o'z istaklarini bildirdi. Uning fikricha, Emiliano Martines jamoa uchun ideal darvozabon bo'lishi mumkin.
Jahon chempioni hisoblangan argentinalik futbolchi hozirda "Aston Villa" sharafini himoya qilmoqda. "Manchester Yunayted" futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rdi, ammo birmingemliklar rad javobini berishdi.
"Martines - etakchi va g'olib. Unda xarakter bor va u so'nggi mavsumda Andre Onanaga ba'zan etishmagan muvozanatni ta'minlay oladi. Ha, Andre o'ziga ishongan darvozabon, biroq juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi," - deya Saaning so'zlarini keltiradi Goal portali.
Saaning fikricha, Emiliano ham xato qilishi mumkin, ammo yangi raqobat Onananing foydasiga ishlaydi.