"Manchester Yunayted"ning atigi olti futbolchisi Mbeumodan qimmatroq narxga sotib olingan

Vinger Brayan Mbeumo "Manchester Yunayted" tarixidagi ettinchi eng qimmat transferga aylandi.
25 yoshli futbolchi dushanba kuni rasman "qizil iblislar" safiga o'tdi, bungacha u "Brentford" sharafini himoya qilgan. Bitim qiymati 75 mln evroga baholanmoqda - o'z vaqtida Madridning "Real" klubidan o'tgan Anxel di Mariya uchun ham shuncha pul to'langan. Mankunianliklar bundan ham ko'proq mablag'ni faqatgina Rasmus Xyoylund ("Atalanta," 77,8 mln), Romelu Lukaku ("Everton," 84,7 mln), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund, 85 mln), Xarri Maguayr ("Lester," 87 mln), Antoni ("Ayaks," 95 mln) va Pol Pogba ("Yuventus," 105 mln) uchun sarflagan.
Brayan Mbemo "MYu" bilan yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma imzoladi.