Huquqlari Ispaniyaning "Sevilya" klubiga tegishli frantsiyalik yarim himoyachi Lyusen Agume faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish variantiga ega. Bu haqda Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli yarim himoyachini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Mankunianliklar sakkiz million evroga baholanayotgan futbolchining transferi bo'yicha andalusiyaliklarga taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Agumening Sevilya klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Lyusen o'tgan mavsumda 37 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.