"Lion" yarim himoyachisi Korenten Tolisso "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. "Qizil iblislar" vakillari frantsuzning atrofidagilar bilan bog'lanib, hamkorlik shartlarini muhokama qilishdi, deb xabar beradi L’Equipe. 30 yoshli futbolchi transferga qiziqish bildirmoqda, ammo transferni talab qilmaydi. "Lion" tajribali xavbekni saqlab qolmoqchi.

Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko'ra, Korenten Tolissoning narxi 12 mln evroni tashkil qilmoqda. 2017 yildan 2021 yilgacha futbolchi Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgan va uning tarkibida 2018 yilgi jahon chempionati g'olibi bo'lgan. Yarim himoyachining "to'quvchilar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.