"Manchester Yunayted" "Gavr"dan Kana-Biyikni sotib oldi

"Manchester Yunayted" 18 yoshli Entso Kana-Biyikni sotib oldi va ijaraga berdi.
Yangi mavsumda u Shveytsariyaning "Lozanna" jamoasida o'ynaydi. Klub INEOS kompaniyasiga tegishli bo'lib, uning asoschisi Jim Retkliff "Manchester Yunayted"ning egasi hisoblanadi.
O'tgan mavsumda Frantsiya yoshlar terma jamoasi azosi "Gavr" U -19 jamoasida 18 o'yinda 9 ta gol urdi.