"Manchester Yunayted" Fernandeshning dubli evaziga "Vest Xem"ni mag'lub etdi

"Manchester Yunayted" yangi mavsumga hozirlikni AQShda davom ettirmoqda.
"Qizil iblislar" okeanortida APLning boshqa bir klubi "Vest Xem"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Mankunianliklar safida Brunu Fernandesh 5 (penaltidan) va 52-daqiqalarda gol urdi. "Bolg'achilar"dan Jarrod Bouen 63-daqiqada javob golini kiritdi.