«Manchester Yunayted» de Xeani qaytarmoqchi

"Fiorentina" darvozaboni David De Xeaga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar 34 yoshli futbolchining tovon puli qanchaga tushishini italyan klubi vakillaridan so'ragan. Qayd etilishicha, bunday kelishuv nisbatan arzon bo'ladi, shuning uchun "MYu" selektsion xizmati 13 yil davomida "qizil iblislar" safida to'p tepgan futbolchini qaytarish variantini ko'rib chiqishda davom etmoqda.
Avvalroq darvozabon intervyularidan birida Angliya Premer-ligasida faqat "Manchester Yunayted"da o'ynashini aytgandi.