Lissabonning "Sporting" klubi xavbeki Morten Yulmann Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Sky Sports jurnalistlari ma'lumotiga ko'ra, daniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" 26 yoshli futbolchiga taklif bilan chiqish haqida o'ylamoqda.

Daniyalik futbolchining portugal top-klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan va uning transfer narxi 26 million evroni tashkil etadi.

2024/2025 yilgi mavsumda Yulmann "sherlar"ning 47 ta o'yinida ishtirok etgan. Daniyalik futbolchi o'z hisobiga 3 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo'ydi.