"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba "Manchester Yunayted"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

“Qizil iblislar” shanba kuni 21 yoshli futbolchining vakillari bilan yangi muzokaralar olib borishdi, tomonlar kamerunlik futbolchining potentsial maoshi va shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishdi.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning rejasi - "dengiz otlari" bilan muzokaralar oldidan yarim himoyachi bilan barcha shartlarni kelishib olishdir.