"Manchester Yunayted" yangi mavsumga tayyorgarlikni AQShda davom ettiradi.

Mankunianliklar okeanortida "Vest Xem", "Bornmut" va "Everton"ga qarshi o'yinlar o'tkazadi.

Jamoaning AQShga yo'l olgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi:

• darvozabonlar: Altay Bayindir, Tom Xiton, Dermot Mi, Uill Merdok, Onana.

• himoyachilar: Dalot, Matteys de Ligt, Dorgu, Tayler Fredrikson, Ayden Xeven, Diego Leon, Lisandro Martines, Mazraui, Ris Manro, Shou, Yoro.

• yarim himoyachilar: Kazemiro, Tobi Kollier, Brunu Fernandesh, Djek Fletcher, Seku Kone, Maynu, Maunt, Ugarte.

• hujumchilar: Amad, Kunya, Xoylund, Benedito Mantato, Brayan Mbemo, Chido Obi, Itan Uilyams, Zirkzee.