"Manchester Yunayted" 35 million funtga yangi tayanch yarim himoyachisi sotib olish bo'yicha ish boshladi

"Brayton"dan Karlos Balebani sotib olish barbod bo'lgach "Manchester Yunayted" e'tiborini "Sevilya" tayanch yarim himoyachisi Lyusen Agumega qaratdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, mankunianliklar 23 yoshli frantsuzning imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Uning andalusiyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan va uning tovon puli 35 million funt hisoblanadi.
Agume "Sevilya"ga "Inter"dan 8 million evro evaziga 2024 yil yozida o'tgan.