"Manchester Siti" "Yuventus" futbolchisidan rad javobini oldi

"Manchester Siti" yozda darvozabon pozitsiyasiga Ederson o'rniga boshqa futbolchi olib kelmoqchi.
Sky Sports xabariga ko'ra, "shaharliklar" shu maqsadda "Yuventus" darvozaboni Mikele di Gregorioga murojaat qilishgan, ammo 27 yoshli italyan "shaharliklar" taklifini rad etib, Turinda qolishni ma'qul ko'rgan.
Hozirda di Gregorioning "keksa senora" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor.