Shotlandiyaning "Seltik" klubi Angliyaning "Manchester Siti" klubidan 19 yoshli markaziy himoyachi Jamay Simpson-Pusini ijaraga olganini e'lon qildi.

Kelishuv bir mavsumga mo'ljallangan.

Simpson-Pusi "Seltik" safida to'rtinchi raqam ostida harakat qiladi. O'tgan mavsumda Jamay "Siti"ning asosiy jamoasi safida oltita o'yinda maydonga tushdi.