"Manchester Siti" xavbeki APLning boshqa klubiga o'tmoqda

Jeyms Makati Bundesliga klubiga emas, "Nottingem Forest"ga o'tishga qaror qildi.
Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, "Manchester Siti"ning 22 yoshli yarim himoyachisi "Nottingem"da o'ynashga qaror qilgan, garchi unga Germaniyaning top-klublari - "Borussiya" Dortmund, "Ayntraxt" va "RB Leyptsig" qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da.
"O'rmonchilar" va Jeyms allaqachon uzoq muddatli shartnoma shartlarini to'liq kelishib olishgan. "Siti" bilan muzokaralar ketmoqda. "Nottingem" va futbolchining vakillari tez orada tomonlar kelishib olishiga ishonmoqda.
Avvalroq, "shaharliklar" inglizni "Nottingem Forest"ga 20+ mln funtga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Makeyti o'tgan mavsumda APLda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta sariq kartochka olgan. U har bir o'yinda o'rtacha 22 daqiqadan harakat qilgan.