«Manchester Siti» sport direktori 13 yildan so'ng klubni tark etdi

"Manchester Siti" sport direktori Chiki Begiristayn rasman klubdagi faoliyatini yakunladi. Mutaxassis jamoaga 2012 yilda kelib qo'shilgandi.
2024 yil oktyabr oyida ispaniyalik "shaharliklar"ni tark etishini e'lon qildi. Bu yozda uning o'rnini Ugu Viana egallaydi.
Begiristayn qo'l ostida "Siti" ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi, jumladan, ettita APL chempionligi, ikkita Angliya kubogi, Chempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogi.
Funktsionerning ajoyib yutuqlari uning sharafiga Manchester derbisiga bag'ishlangan bir qator tadbirlarda e'tirof etiladi. Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi 14 sentyabr kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda maxsus mehmon bo'ladi.